“Navro‘z”ga munosib sovg‘a

Date:

Bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan gapda jon bor. Darhaqiqat, mahallalar — jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Shu ma’noda, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi turmushi farovonligini oshirish, ularning bugungi yashayotgan kunidan rozi bo‘lib, ertangi kunga ishonch bilan yashashi uchun zamin ham ayni mahalladan boshlanadi.

Yaxshi-yomon kunimizda ham, yutuq va muvaffaqiyatga erishganimizda ham mahallada faoliyat olib borayotgan “beshlik”ning ahamiyati yuqori turmog‘i zarur. To‘y-hashamning boshida turadigan ham, biror bir masala bo‘lsa, uni bartaraf etishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish ham avvalo, mahalladagi oqsoqollar, nuroniylarga bog‘liq. Tabiiyki, ishni yaxshi tashkil etish, risoladagidek faoliyat olib borish uchun mahalla faollariga ham zamonaviy, barcha qulayliklarga ega maskan zarur.

Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yangitdan binolar qurib foydalanishga topshirilayotgani ham ayni haqiqat. Sariosiyo tumani “Shahriobod” mahalla fuqarolar yigʻini binosining ayni “Navro‘z” bayrami munosabati bilan foydalanishga topshirigani mahalla ahliga chinakam bayram sovgʻasi boʻldi.
Tadbirda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi o‘rinbosari, Sharg‘un shahar hokimi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yig‘ilganlar barcha qulayliklarga ega, koʼrkam va zamonaviy binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla binosida hokim yordamchisi, mahalla raisi, yoshlar faoli, profilaktika noziri uchun alohida xonalar barcha sharoitlari mavjud holatga keltirilgan.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun