Asilbek “Tula”ga boradi

Date:

Asli alplar vatani hisoblanmish Boysunda juda ko‘plab sport ustalari, kurashchi-yu, chavandozlar yetishib chiqishi hech kimga sir emas. Bohavo joylar, tabiat kengliklari, tog‘-u toshlar boysunlik o‘g‘lonlarga chapdastlik va mahorat, bilagiga kuch, taniga sihatlik ulashish barobarida sportga bo‘lgan qiziqishni bolalikdan ko‘ngliga jo etgan bo‘lsa, ajab emas.
Asilbek ham Boysun kengliklarida bolalikdanoq sportga mehr qo‘ydi. Sport turlarini bir-bir saralab, oxiyri o‘zini “Qo‘l jangi”da sinab ko‘rishga bel bog‘ladi.
Sportning qaysi turi bilan shug‘ullanishdan qat’iy nazar u kishini jismonan chiniqtiribgina qolmay, aqlan yetuklikka boshlashini u juda yaxshi anglardi. Shundanmi, tun-u kun mashg‘ulotlar, musobaqalarda ishtirok etish hissi uni sara sportchilar bilan uchrashuvga chorlab turardi. Avval boshdanoq jahon chempionatida mahoratini, bilagidagi kuchini-yu, chayirligini ishga solib, tengqur sportchilari bilan kurashga chog‘lanib, harakat qildi. Maqsad sari intilgan, o‘z ustida muntazam ishlab, “Qo‘l jangi”ning sir-u sinoatida bilagini pishitgan, tanini sportda toplagan boysunlik Asilbek bugun ana shu niyati yo‘lida oldida turgan yana bir marrani bosib o‘tdi.
Samarqand shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 48 kilogramm vaznda Boysun tuman Sport maktabining qo‘l jangi turi bo‘yicha tarbiyalanuvchisi Asilbek Nurillayev kumush medal sovrindori bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun