O‘qituvchilar bellashishdi

Date:

Sihat-salomatlikdan e’tirozimiz bo‘lmasagina, hayotimizning boshqa jihatlariga e’tibor qaratishni boshlaymiz. Ta’lim-tarbiya, kasb-u korga, u yoki bu tadbirkorlikka qiziqamiz. O‘zimiz va oilamizga, jamiyatga naf keltirish haqida bosh qotiramiz. Ustoz va murabbiylar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Angor tumanidagi o‘qituvchilar o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari orqali yuqoridagi fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekanini amaliy tarzda isbotlab berdilar.

Sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar qiziqarli va bellashuvlarga boy o‘tdi. Futbol maydonchasida jamoalar bir-birlariga qarshi to‘p surishar ekan, toza havoda maroq ila yelib yugurishgan bo‘lsa, shaxmat-shashka o‘yinlarida aqllar charhlandi.
Stol tennisi esa chaqqonlikni, uddaburonlikni talab etdi. Raqiblar tennis koptogini ilib olishga urinishar, o‘zlari uchun ochko yig‘ib, g‘oliblik sari intildilar. Voleybol o‘yinlari ham ana shunday qiziqarli o‘tdi. Jamoalar chaqqonlik bilan to‘pni tutib qolib, raqiblari tomonga shiddatkorlik bilan uloqtirdi. Musobaqalarni kuzatib turganlar ham u yoki bu jamoani qo‘llab-quvvatlab turdilar.

Yakunda esa g‘oliblar aniqlandi. Mini-futbol bo‘yicha Angor tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabi, stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni 25-sonli umumta’lim maktabi egallagan bo‘lsa, shaxmatda 32- va 37-sonli umumta’lim maktablarining jamoasi ustunlik qildi. Shashka o‘yinida 14-, 16-sonli umumta’lim maktablari jamoasi yetakchilik qildi. Umumiy hisob bo‘yicha esa 12-, 36-sonli umumta’lim maktablari jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Kasaba uyushmasi kubogiga sazovor bo‘lishdi. Albatta, g‘oliblar munosib rag‘bat topdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehtiyoj bor, ehtiyot bo‘ling!

G‘iybatdan tavba qilib ne topdim, aslida, so‘zning asali g‘iybat-da!...

Tarixdan chiqarib xulosa…

Tarix — insoniyat sivilizatsiyasining buyuk yutuqlari-yu achchiq xatolari, qadimiy...

Voleybolda ham natijalar quvonarli

So‘nggi yillarda barcha sport turlari qatori voleybolga ham keng...

Xonjiza tomonlarda yoxud tog‘lar aro bir kun

Muborak hadisi sharifda: “Sayohat qilinglar, sog‘lom bo‘lasizlar”, deya marhamat...
KunTun
KunTun