Shahodatnomalar elektron shaklda beriladi

Date:

Barcha sohada bo‘lgani kabi maktab ta’limi tizimida ham raqamlashtirish jarayoni amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ya’ni, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etiladi. Bu esa ortiqcha byurokratik to‘siqlarning oldini olish bilan birga qulaylik ham yaratadi. Qolaversa, maktab bitiruvchisi shahodatnomasini yonida olib yurishi shart bo‘lmay qoladi. Oliygohga o‘qishga hujjat topshirishning onlayn imkoniyati yaratiladi.
Mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi hukumatning tegishli qarori asosida tasdiqlandi. Ayni vaqtda esa elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinayotir.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zahotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limdan bandlik sari

Ta'lim va kasb-hunar orqali barqaror bandlikni ta'minlash bugungi kunda...

Odil sudlov yo‘lida

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni...

Sayohat — tafakkurni boyituvchi maktab

Yoshlarning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash, ularning ma'naviy dunyosini boyitish...

“Jasorat maktablari” sari ilk qadam

Yoshlarni vatanparvarlik, intizom va harbiy kasbga qiziqish ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun