“Volontyorlik markazi” tashkil etildi.

Date:

Volontyor deganda ezgu va xayrli ishlarga bosh qo‘shgan, tag‘ibotchi, tashkilotchi va faol insonlarni tushunamiz. Bugun volontyorlar, ya’ni ko‘ngilli yoshlar jam bo‘lib, yo‘qsillar holidan xabar olayotgani, oilalar mushkulini oson qilishda, kemtik ko‘ngillarni shod etishda o‘z xizmati va himmatini ayamayotgani siz-u bizga yaxshi ayon.

Yoshlar ittifoqi, oliy ta’lim muassasalari qoshida ana shunday ko‘ngilli yoshlar birlashib, jamoalar, markazlar tuzib faoliyat olib borishayotir. O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida esa bu boradagi faoliyat haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Termiz davlat universitetida “Volontyorlar markazi”ning ochilishi esa tizimda amalga oshirilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin.

Markazning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar hamda yangicha loyihalar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati haqida to‘xtalishdi. Shuningdek, faoliyatni yo‘lga qo‘yish tartiblari to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Hilol

Oldingi sahifaSarhisob
Keyingi sahifaMuddatidan oldin ozod qilindi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun