Ijodiy to‘garaklarga jalb qilindi

Date:

Yangi o‘quv yilining boshlanganiga ham bir oy bo‘lyapti. O‘quvchi-yoshlar allaqachon an’anaviy ta’limga moslashib, o‘qishlarini izga solib ulgurdi. Demak, o‘qishdan tashqari qoladigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlash muddati yetgan. Bunday paytda qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari bilimlarimizni mustahkamlasa, ijodiy va sport to‘garaklari, til va hunarmandchilik saboqlari har jabhada sayqal topishga yordam beradi.

Ba’zan yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltira olish, qiziqish va layoqatini hisobga olish ham muhim. Aks holda vaqt behuda o‘tishi hech gap emas. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi Surxon madaniyat markazi ijodiy to‘garak rahbarlari tumandagi umumta’lim maktablarida bo‘lishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashib, ijodiy to‘garaklarga qiziqishi bor yoshlarni jalb qilishdi.

To‘garak rahbarlarining jonkuyarligini ularning targ‘ibot-tashviqotlaridan, o‘quvchilar bilan munosabatidan bilish qiyin emas. umid qilamizki, qisqa fursatlarda Surxon madaniyat markazi qoshidagi ijodiy to‘garaklarga o‘rganish ishtiyoqida yonayotgan iqtidorli safi kengayadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun