“Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi…

Date:

Bugunning yoshlari ilmda ham, jamiyat hayotida ham katta maqsadlar qo‘yib, muvaffaqiyatga erishib kelayotgani bilan o‘rnak va namuna bo‘lishga arziydi. Ular har jabhada faol: targ‘ibotchi, tashbbuskor, atrofdagilarni o‘ziga ergashtira oladigan, aytganlari salmoqli va ishonchli.

Termiz shahridagi “Turon” mahallasida yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritib, ko‘plarni o‘ziga ergashtirib, targ‘ibot-tashviqotdan charchamaydigan Otabek Jumayev, Sariosiyo tumanining 62-umumta’lim maktabida madaniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha targʻibotchi sifatida yangidan yangi iqtisorlarni kashf etib kelayotgan Dilnoz Saidovaning kasb-u korlari turlichadir, ammo maqsadlari, tanlagan yo‘llari o‘xshash. Bu — ilm yo‘lidir. Ularning izlanishlari, o‘rganishlari samarasi bo‘lgan ilmiy ishlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’atining e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi hamda “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishiga sabab bo‘ldi.

Yorug‘ yuz bilan Surxondaryoga qaytayotgan yosh izlanuvchilarning Samarqandga tashrifi beiz ketmadi. Ko‘rik-tanlov bahona sayr-u sayohat qilib, tarixiy shaharni yangidan kashf etishdi, olam-olam taassurotlar olishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun