Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga yo‘naltirish tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Oltinsoy tumanida ham bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi Otabek Mavlyanov mas’ullar bilan birgalikda “Ekraz” mahallasida tadbirkor Salohiddin Abdusalomov yo‘lga qo‘ygan xurmo eksporti jarayonlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahsulotni saralash, qadoqlash va saqlash sharoitlari, shuningdek, xorijiy bozorlarga yetkazib berish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorga eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasida ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

