Chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazgan “Quvnoq startlar” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Termiz shahridagi sport maktabi zalida o‘tkazilgan bellashuvlarda 15 ta tuman va shahardan saralangan 150 nafar 9–10 yoshli o‘quvchi ishtirok etdi. 3–4-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari turli shartlarda o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahridagi 17-maktab jamoasi birinchi, Angor tumanidagi 14-maktab jamoasi ikkinchi, Sherobod tumanidagi 56-maktab jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

