Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Date:

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi yilni yuqori kayfiyatda, ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida tumanda tayyorgarlik ishlari boshlandi. Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Farrux Xoliqov boshchiligida tuman rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Bog‘aro” mahallasidagi 69-sonli madaniyat markazining holati o‘rganildi.

Shuningdek, markazga tutash ko‘chalar, hududni obodonlashtirish, bayramona bezatish, tashkiliy masalalar hamda tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida bayramga tayyorgarlik ishlarini tizimli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangi yil bayrami tuman aholisi, ayniqsa, bolajonlar uchun quvonch, shodlik va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun