Asarning umri qança?

Date:

Inson umri çeklangan, ammo u yaratgan asarning umri uzoq vaqt davom etişi mumkin. Biroq ijod mahsuli qança vaqt huquqiy himoyada böladi? Muallif vafotidan keyin uning asarlaridan foydalaniş tartibi qanday belgilanadi? Bu masalalar Özbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Qonunning 35-moddasiga muvofiq, umumiy qoida böyiça mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin 70 yil mobaynida amal qiladi. Uşbu muddat muallif vafot etgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan hisoblanadi.
Biroq mualliflik huquqining amal qiliş muddati tugaşi asardan foydalanişda barça talablar bekor böladi, degani emas. Mualliflikni e’tirof etiş, uning ismi-şarifini körsatiş hamda ijodiy obrösini himoya qiliş huquqlari muddatsiz muhofaza qilinadi.
Muallifning vafoti uning asarlariga bölgan mulkiy huquqlar darhol tugaşini anglatmaydi. Qonunda belgilangan muddat davomida bu huquqlar merosxörlarga ötişi mumkin. Demak, muallifning kitoblarini qayta naşr etiş, asarlarini tijorat maqsadida tarqatiş yoki boşqa şaklda foydalanişda qonuniy huquq egalarining manfaatlari hisobga olinişi kerak.
Şu bilan birga, şaxsiy nomulkiy huquqlar meros böyiça ötmaydi, ammo merosxörlar ularni himoya qilişga haqli.
Qonunda ayrim alohida holatlar uçun boşqa muddatlar ham belgilangan. Masalan, taxallus ostida yoki muallif nomi körsatilmagan holda qonuniy e’lon qilingan asarlar uçun, umumiy qoidadan farqli ravişda, 50 yillik muddat nazarda tutilgan.
Bugun internet, elektron naşrlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli asarlardan foydalaniş imkoniyati kengaygan. Biroq asarning internetda joylaştirilgani yoki muallifining vafot etgani undan istalgança foydalaniş mumkinligini anglatmaydi. Bunda asarning huquqiy maqomi va undan foydalaniş uçun qonuniy asoslar mavjudligi inobatga olinişi zarur.
Mualliflik huquqining belgilangan muddat davomida himoya qilinişi ijodkor mehnati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi. Muddat tugagaç, asarning ijtimoiy mulkka aylanişi esa undan jamiyat manfaatlari yölida erkin foydalaniş imkonini beradi.

S.Yuldaşeva,
Viloyat adliya boşqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş şöbasi boş maslahatçisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun