Korrupsiya davlat boşqaruvi samaradorligi, qonun ustuvorligi va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tösiq böladigan illatdir. Unga qarşi kuraşiş esa faqat huquqbuzarliklarni aniqlaş va jazolaş bilan çeklanmay, avvalo, korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş, faoliyatda oçiqlik va hisobdorlikni ta’minlaşni talab etadi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida bu masala alohida ahamiyatga ega. Çunki tabiiy resurslardan foydalaniş, ekologik nazorat, qonun buziliş holatlariga huquqiy baho beriş, ruxsatnomalar hamda davlat xaridlari bilan boğliq jarayonlarda xolislik va qonuniylikka qat’iy rioya etilişi zarur.
Xususan, ekologik nazorat tadbirlarida taniş-bilişçilikka yöl qöyiş, aniqlangan qonunbuzilişlarga turliça yondaşiş, xizmat vakolatidan şaxsiy manfaat yölida foydalaniş yoki noqonuniy manfaat evaziga qaror qabul qiliş soha faoliyatiga ham, jamoatçilik işonçiga ham putur yetkazadi. Şu bois har bir xodim xizmat vazifasini bajarişda halollik, xolislik va mas’uliyatni asosiy mezon sifatida belgilaşi lozim.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda profilaktika çoralarining örni beqiyos. Buning uçun faoliyatdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni muntazam tahlil qiliş, manfaatlar töqnaşuvini barvaqt aniqlaş, içki nazoratni kuçaytiriş va xizmat jarayonlarini raqamlaştiriş muhimdir.
Şuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini öz vaqtida, xolis körib çiqiş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, qarorlar qabul qiliş jarayonida şaffoflikni ta’minlaş korrupsiyaga imkon beradigan omillarni kamaytiradi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda jamoatçilik nazorati ham muhim örin tutadi. Fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining faol iştiroki davlat organlari faoliyatining oçiqligi va hisobdorligini mustahkamlaydi. Şu bois aholining ekologik masalalardagi murojaat va takliflariga befarq bölmaslik, aniqlangan muammolarga qonuniy yeçim topiş zarur.
Zero, tabiatni muhofaza qiliş borasidagi har bir qaror va amaliy harakat qonuniylikka asoslanişi kerak. Ekologiya sohasida halollik va şaffoflikni ta’minlaş nafaqat tabiiy boyliklarni asraş, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni ado etiş hamda davlat idoralariga bölgan işonçni mustahkamlaşning muhim şartidir.
A.Meliqulov,
viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça
boş mutaxassisi

