Sariosiyo tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ta’lim muassasalarini ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Tuman ta’lim bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoni ijrosi yuzasidan 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bo‘sh yer maydoniga 400 tup olma ko‘chati ekildi.
«Ko‘chatni farzanddek sev, mehr bilan o‘stir, kelajakka yashil meros qoldir!» shiori ostida tashkil etilgan ushbu tashabbus maktab hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish bilan birga, o‘quvchilarda tabiatga mehr va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

