Gazlashtirilmagan xonadonlar uchun elektr energiyasining bazaviy me’yori oshirildi

Date:

Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan va gaz yetkazib berish imkoniyati cheklangan hududlardagi aholi xonadonlari uchun elektr energiyasining oylik bazaviy me’yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga oshirildi. Yangi tartib 2026-yil 1-noyabrdan amal qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 31-oktabrdagi 601-son qaroriga muvofiq, belgilangan ro‘yxatga kiritilgan xonadonlar isitish mavsumida oyiga 350 kVt·soatgacha elektr energiyasidan 1 kVt·soat uchun 650 so‘mlik bazaviy tarif asosida foydalanadi.

Ayni paytda «Hududgazta’minot» tomonidan shakllantirilgan hududlar ro‘yxati mahalliy hokimliklar tomonidan o‘rganilib, tasdiqlanmoqda. Keyinchalik ma’lumotlar «Hududiy elektr tarmoqlari» tizimiga kiritiladi. Ushbu jarayonni 25-noyabrga qadar yakunlash belgilangan.

Muhimi, yangi imtiyozdan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Xonadon tegishli ro‘yxatga kiritilgach, oshirilgan bazaviy me’yor avtomatik ravishda qo‘llanadi.

Shuningdek, tartib 1-noyabrdan kuchga kirgani sababli, ro‘yxatga kiritilgan xonadonlarning noyabr oyi uchun elektr energiyasi to‘lovlari ham yangi me’yor asosida qayta hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun