Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish tartibi belgilanmoqda

Date:

Adliya vazirligi o‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni hayotning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Muhokama 6-dekabrga qadar davom etadi.

Loyihaga ko‘ra, 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradigan yangilangan alifbo davlat idoralari, ta’lim muassasalari, OAV, tadbirkorlik subyektlari va raqamli xizmatlarga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. Unda 28 ta harf va bitta tutuq belgisi bo‘lib, Ö, Ğ, Ş va Ç harflari qo‘llanadi.

Yangi tartibga muvofiq, avval berilgan ID-karta, pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa rasmiy hujjatlarni almashtirish talab etilmaydi. Ular o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi. Yangi hujjatlar esa yangilangan alifboda rasmiylashtiriladi.

Ta’lim tizimida o‘tish jarayoni 2027–2031-yillarda amalga oshiriladi. Dastlab 2027/2028-o‘quv yilidan birinchi sinf darsliklari yangilanib, keyinchalik boshqa sinflar uchun o‘quv adabiyotlari ham bosqichma-bosqich moslashtiriladi. Pedagoglar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, OAV materiallari, davlat idoralari peshlavhalari, yo‘l ko‘rsatkichlari, mahsulot qadog‘idagi yozuvlar hamda bank va davlat elektron tizimlarini yangi imloga moslashtirish ko‘zda tutilgan.

Raqamli sohada Ö, Ğ, Ş va Ç harflarini qulay kiritish imkonini beruvchi yagona klaviatura standartini yaratish, imloni tekshirish va matnlarni avtomatik o‘girish dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Xalqaro texnologiya kompaniyalariga sun’iy intellekt tizimlarini yangilangan o‘zbek alifbosiga moslashtirish bo‘yicha takliflar yuborish ham nazarda tutilgan.

Qayd etish lozim, keltirilgan tartib va muddatlar hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasida belgilangan. Yakuniy hujjat qabul qilinishida ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun