Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Date:

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va ehtiyojmand xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Tuman hokimi Anvar Normamatov Dahana mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni muhokama qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalladagi 1 110 ta oiladan 137 tasi ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Yil boshida 77 tani tashkil etgan kambag‘al oilalar soni 50 taga kamaygan bo‘lsa-da, kambag‘allik chegarasidagi oilalar soni 26 tadan 32 taga oshgan. Bu esa manzilli ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Uchrashuvda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rganish, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va tomorqachilik orqali daromad manbalarini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, kambag‘allik chegarasidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tuman hokimi mahalla aholisi bilan ham muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Ta’kidlash joiz, joriy yil yakuniga qadar Surxondaryo viloyatida kambag‘allik darajasini 2,8 foizga, ishsizlikni esa 4 foizga tushirish rejalashtirilgan. Dahana mahallasini kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish ham shu yo‘nalishdagi muhim vazifalardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun