Sherobod tumani nafaqat o‘zining anorchilik an’analari, balki bog‘bon va dehqonlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilayotgan mo‘l hosili bilan ham tanilgan. Bu salohiyatni keng namoyish etish maqsadida Cho‘yinchi mahallasidagi sport majmuasida “Anor festivali” tashkil etildi.
Bayram doirasida tumanda yetishtirilgan anor va boshqa mevalar ko‘rgazmasi namoyish etilib, bog‘bon va dehqonlarning mehnat natijalari, bog‘dorchilik sohasidagi yutuqlar keng targ‘ib qilindi.
Festival dasturidan konsert chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar va turli bayram tadbirlari ham o‘rin oldi.
Mazkur festival Sherobodning anorchilik an’analarini keng targ‘ib etish, mahalliy mahsulotlarning imkoniyatlarini namoyish qilish hamda hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada ommalashtirishga xizmat qildi.

