Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Date:

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va ularni kelajak avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ularning mehnatini qadrlash, munosib rag‘batlantirish va mazmunli hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratish ham e’tiborga molik masalalardan biridir.

Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tashabbusi bilan 9-son madaniyat markazi xodimlari hamda “Ohuva” folklor xalq havaskorlik jamoasi a’zolari uchun qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, qadimiy obidalar va diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday tashabbuslar madaniyat xodimlariga ko‘rsatilayotgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lish bilan birga, ularning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash va sohaga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun