Favqulodda vaziyatlarda ko‘ngillilar ham mas’ul

Date:

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oqibatlarini kamaytirishda nafaqat mutasaddi idoralar, balki jamoatchilik vakillari va ko‘ngillilarning ham o‘rni muhim. Ayniqsa, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan volontyorlarning tayyorgarligi va tezkor hamkorligi ko‘plab noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh. Shukurov Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan volontyorlar guruhi bilan uchrashib, ularning faoliyati va favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishtirokini o‘rgandi.

O‘rganish davomida volontyorlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorgarligi, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etishdagi ishtiroki hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, volontyorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun