Kitobga mehr — ma’naviyatga e’tibor

Date:

Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi. Mutolaa madaniyatini shakllantirish esa, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar alohida ahamiyatga ega.

Sariosiyo tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi O. Mahmudov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi O. Jo‘rabekova hamda Ko‘zi ojizlar jamiyati kutubxonasi xodimi O. Tilakov so‘zga chiqib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa targ‘ibotining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Haftalik doirasidagi tadbirning yana bir e’tiborli jihati — Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari A. Shukurov tomonidan Axborot-kutubxona markaziga yangi badiiy va ilmiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Haftalik davomida kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun