Bolalar uchun qulay va xavfsiz o‘yin muhitini yaratish mahallalar obodonchiligining muhim jihatlaridan biridir. Zero, bolalarning ochiq havoda mazmunli hordiq chiqarishi va jismoniy faolligi uchun sharoit bo‘lishi ularning sog‘lom ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.
Oltinsoy tumanining Bo‘ston mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududida bolajonlar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov yangi maskanni ko‘zdan kechirib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Yangi maydoncha mahalla bolalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, tengdoshlari bilan birga o‘ynashi va jismoniy faolligini oshirishi uchun xizmat qiladi.

