Surxondaryo viloyatida U-Report loyihasining 3-mavsumi ochilib, volontyorlar uchun ilk o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda ishtirokchilarga platformaning maqsad va vazifalari, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, o‘z fikr va tashabbuslarini erkin bildirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Mashg‘ulot davomida volontyorlarning faolligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv o‘yinlar ham o‘tkazildi.
Yangi mavsum yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

