«Zamonaviy kasblar» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildiSurxondaryo viloyatida yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish maqsadida «Zamonaviy kasblar» tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilar «Eng yaxshi veb-sayt», «Eng yaxshi grafik dizayn» va «Mobilografiya» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, raqamli kasblarga qiziqishini kuchaytirish va yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

