“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish bilan birga, avval ekilgan daraxt ko‘chatlarini saqlab qolish va ularning o‘sishini ta’minlashga ham e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Angor tumanidagi Qoraqir massivida Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Jarayonda o‘tgan yili ekilgan, biroq turli sabablarga ko‘ra nobud bo‘lgan daraxtlar o‘rniga yangi va sifatli ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.
Bu orqali bo‘sh qolgan maydonlarni qayta ko‘kalamzorlashtirish, ekilgan ko‘chatlarning tutib ketishi va kelgusida yashil hududlarning yanada kengayishiga erishish ko‘zda tutilgan.

