Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati va sharoitlar o‘rganildi

Date:

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish nafaqat malakali mutaxassislar, balki zamonaviy tibbiy jihozlar, qulay sharoitlar va samarali boshqaruv tizimiga ham bog‘liq. Shu bois tibbiyot muassasalaridagi mavjud imkoniyatlarni yaxshilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini zamon talablariga moslashtirish muhim vazifalardan biridir.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumanidagi navbatdagi manzili Shaf­fof mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘ldi.

Viloyat rahbari muassasada bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, DMed elektron tizimining joriy etilishi, bemorlarni ro‘yxatga olish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, joriy yil 5-noyabr kuni tibbiyot tizimini raqamlashtirish, muassasalarni yumshoq jihozlar bilan ta’minlash hamda dori-darmon vositalaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasi bo‘limlaridagi sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, jarrohlik amaliyotlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, xirurgiya bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, viloyat hokimi xirurgiya bo‘limini zamonaviy jarrohlik uskunalari bilan ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun