Jismoniy mahorat va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida…

Date:

Termizdagi “Surxon” sport majmuasi uch viloyat yoshlarini bir maydonda jamladi. Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo jamoalari qatnashgan fijital sport musobaqasida 36 ta jamoa jismoniy mahorat va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida o‘zaro bellashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda Termiz davlat universitetining “TerDU” jamoasi fijital futbolda, Qiziriq tumani sport maktabining “Qiziriq-1” jamoasi fijital basketbolda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Just Dance yo‘nalishida Elina Italmazova, CS2 kibersport bahslarida esa Jarqo‘rg‘on tumanining “Aura” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning dastlabki ikki o‘rin sohiblari respublika final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fijital sport ixlosmandlari uchun navbatdagi bellashuvlar 20–23-oktabr kunlari Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun