Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida bo‘lib o‘tayotgan IV Xalqaro “Alabanda” teatr festivalida ishtirok etmoqda.
Turkiyada festival doirasida o‘zining “Bremen musiqachilari” spektaklini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.
Spektakl tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, iliq olqishlar bilan qarshi olindi. Aktyorlarning mahoratli ijrosi va qahramonlarning o‘ziga xos talqini tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
Xalqaro festivaldagi ushbu ishtirok Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi uchun milliy teatr san’atini xalqaro maydonda namoyish etish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va ijodiy tajriba almashish yo‘lidagi muhim qadamdir.

