Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tashabbusi bilan “Lochin” mahallasida xotin-qizlar, ayniqsa, yosh qizlarning muomala madaniyati va ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan “Qizlar etiket maktabi” tashkil etildi.
Mazkur maktabda qizlarga kiyinish odobi, jamoat joylarida o‘zini tutish, o‘zaro hurmat, oilaviy munosabatlar hamda zamonaviy etiket qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillar asosida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, o‘ziga ishonchini mustahkamlash hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash ko‘zda tutilgan.

