Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning ta’lim sohasi vakillari, jumladan, umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’lim jarayonlariga mas’ul rahbarlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mudirlari hamda viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda viloyatda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Ta’lim samaradorligini yuksaltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada mas’ullar oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

