Denovda 9,8 milliard so‘mlik loyiha

Date:

Denov tumanidagi “Bog‘inav” mahallasida Mustaqillik ko‘chasi va “Said Otaliq” madrasasigacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylab zamonaviy xizmat ko‘rsatish hududini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha uchun 9,8 milliard so‘m byudjet mablag‘i yo‘naltirilgan. Ishlar doirasida 2 ta transformator punkti o‘rnatilib, 2 kilometr elektr tarmog‘i tortiladi. Shuningdek, 500 metr yo‘l asfaltlanadi, 1 kilometr lotok o‘rnatiladi, 2 kilometr salomatlik yo‘lagi barpo etiladi. Hududga 30 ta zamonaviy o‘rindiq qo‘yilib, 1 kilometr yoritish tarmog‘i va 2 kilometr sug‘orish tizimi tashkil etiladi.

Loyiha hududda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, natijada 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 25 milliard so‘m qo‘shimcha daromad shakllanishi va byudjetga 5,3 milliard so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlanishi kutilmoqda.

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ullarga loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...

Ustuvor vazifalar belgilandi

Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning...
KunTun
KunTun