Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi” xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Sharg‘un shahar sport maktabi yengil atletika treneri Shohsanam Xurramova ayollar o‘rtasidagi 10 kilometr masofaga yugurish bahsida barcha raqibalarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu natija sportchining mahorati, matonati va muntazam mashg‘ulotlardagi mehnati samarasidir.

