Yangi loyihalar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Farg‘ona shahrida O‘zbekiston va Rossiya hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov hamda Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov boshchiligidagi delegatsiyalar bilan uchrashdi.

Muloqotlarda avval erishilgan hududlararo kelishuvlarning ijrosi, mavjud loyihalarning holati va yangi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish, investitsiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish va erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalar bilan mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun