Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Date:

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini oshirishga qaratilgan yangi imkoniyat yaratildi. “Qorayantoq” mahallasidagi “Do‘stlik” ko‘chasi, 6-uyda ichimlik idishlarini avtomatik qabul qiluvchi fandomat o‘rnatildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan ichimlik idishlarini yig‘ish va saralash sohasida 50 yildan ortiq tajribaga ega Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Qurilma plastik, shisha va alyuminiy idishlarni avtomatik qabul qilib, ularni qayta ishlash uchun alohida yig‘ish va saralash imkonini beradi. Fandomatga topshirilgan har bir idish uchun 150 so‘m miqdorida pul rag‘bati olish yoki ushbu mablag‘ni xayriya va daraxt ekish tashabbuslariga yo‘naltirish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun