Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Date:

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar uchun imkoniyatlar haqida Termiz davlat universitetida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ullari, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari hamda hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Muloqotda jamg‘armaning stipendiya dasturlari, xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olish, shuningdek, mutaxassislar uchun stajirovka o‘tash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga jamg‘arma vakillaridan bevosita javob olib, xorijda ta’lim olish uchun mavjud imkoniyatlar va tanlovlarda ishtirok etish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi bilimini kengaytirib, kelgusida xorijda tahsil olish va tajriba orttirish uchun aniq yo‘nalish belgilashiga yordam bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun