Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida davlat xizmatchilarining velosipeddan foydalanish tashabbusi davom etmoqda.
Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov boshchiligidagi mutasaddilar hududlarni velosipedda harakatlangan holda o‘rgandi.
Manguzar avtoshoxbekatidan Quyoshli yurt mahallasigacha bo‘lgan hududda ko‘chalarning tozaligi, obodonlashtirish ishlari va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.
Mazkur yondashuv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

