Bola ona bagʻriga qaytarildi

Date:

Uzun tumanining Yangi hayot mahallasida oilaviy kelishmovchiliklar sabab onasidan ayrilib qolgan voyaga yetmagan farzand bugun yana ona bag‘riga qaytdi.

Sud qaroriga asosan, farzandning ona mehriga va tarbiyasiga muhtojligi inobatga olinib, uni onasiga topshirish belgilangan edi. Majburiy ijro byurosining Uzun tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida 2017-yilda tug‘ilgan farzand onasiga olib berildi.

Bir necha oylik ayriliqdan so‘ng farzandini bag‘riga bosgan ona uchun bu uchrashuv unutilmas quvonchga aylandi. Chunki ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilik farzandni ona mehridan ayirmasligi kerak. Farzand — oilaning eng bebaho ne’mati.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun