MUAMMOLAR MUHOKAMADA

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Angor tumanidagi ishchi tashrifi davomida hududdagi mavjud holat, xavfsizlik masalalari hamda yuqori turuvchi topshiriqlar ijrosi birgalikda ko‘rib chiqildi.

Dastlab, “Angor kelajagi” savdo kompleksidagi yong‘in xavfsizligi va sanitariya holati, savdo nuqtalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish va aholi hamda tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif doirasida tuman hokimligida Prezidentning 2026-yil 21-maydagi PQ-198-son qarori, Davlat rahbarining 26–27-fevral kunlari Surxondaryoga tashrifi hamda Bosh vazirning 16-maydagi tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi ham tahlil qilindi.

Muhokama yakunida bajarilgan ishlar va yechimini kutayotgan masalalar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Topshiriqlarni belgilangan muddatlarda va natijadorlik bilan bajarish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun