Xususiy maktab ochsa, binosi bepul

Date:

Xususiy maktablar faoliyatini kengaytirish va ta’lim uchun yangi o‘quv o‘rinlarini yaratishga qaratilgan yangi moliyaviy mexanizmlar belgilandi.

Unga ko‘ra, barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab tashkil etish uchun 10 yil muddatga bepul ijara asosida beriladi.

Shuningdek, o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan 52 ta tumanda xususiy maktab tashkil etish uchun 7 yil muddatga 10 foizli imtiyozli kredit, maktabni ochish va jihozlash xarajatlarining 15 foizigacha, biroq 1,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, binosini maktabga ijaraga bergan mulkdorlarga yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlarining yarmi ham qoplab beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun