O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik o‘tkaziladi. 2027-yildan esa «Mahallani yashillashtirish» paketi joriy etiladi. Bu Prezidentning 2026-yil 23-sentyabrdagi PF–206-son Farmonida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, har bir mahallada har bir inson uchun 3 ta daraxt, hududning kamida 30 foizi daraxt soyasi bilan ta’minlanishi va 300 metr atrofda yashil hudud bo‘lishini nazarda tutuvchi «3–30–300» xalqaro standarti joriy etiladi.
2026-yil kuzida hududlarda ko‘chat ekish ishlari belgilangan muddatlarda boshlanadi. Ikki oylik davomida ariqlar, zovurlar, kanallar va umumiy foydalanishdagi hududlar chiqindilardan tozalanib, mahallalar hamda jamoat joylarida obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
2027-yildan ekologik huquqbuzarliklar uchun undiriladigan jarimalarning 90 foizi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘larning kamida 30 foizi yashillashtirish ishlariga sarflanadi.Shuningdek, mahallalarda mikrоo‘rmonlar va kichik jamoat bog‘lari tashkil etiladi. 2027-yildan «Yashil lot» tizimi joriy qilinib, yashil bog‘lar barpo etish uchun yer uchastkalari ajratilishi mumkin.
Farmon bilan suvni ko‘p talab qiladigan gazonlar o‘rniga mahalliy sharoitga mos, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan foydalanishni kengaytirish hamda yashil hududlarni rejalashtirish va parvarishlashda Yashil AI yordamchisidan foydalanish ham nazarda tutilgan.

