Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Ko‘mak” loyihasi ishtirokchilari bilan navbatdagi amaliy uchrashuv o‘tkazilmoqda. Unda yoshlar markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yangi o‘quvchilarni jalb etish va ta’lim jarayonida zamonaviy usullardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Tajribali spikerlar ishtirokida tashkil etilayotgan seminar va treninglarda o‘quvchilar bilan ishlash, jamoani boshqarish, yoshlarni ta’limga faol jalb etish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Uchrashuv ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish va ularning yechimlari bo‘yicha fikr olish imkonini ham bermoqda.
Loyihaning bunday amaliy mashg‘ulotlari yoshlar bilan ishlaydigan markazlar faoliyatini takomillashtirish va ular uchun yanada samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

