Xavfsizlikni eshikdan boshlash kerak

Date:

Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga xonadon va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan uchrashuvda fuqarolarga zamonaviy signalizatsiya vositalari, markazlashtirilgan qo‘riqlov tizimi va unga ulanish tartibi haqida tushuntirildi. Shuningdek, xavf yuzaga kelganda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Profilaktik uchrashuvda asosiy e’tibor mol-mulkni tajovuzlardan himoya qilishda ehtiyotkorlikni kuchaytirish va xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rishga qaratildi. Bunday tadbirlar aholining hushyorligini oshirish va xonadonlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning bir qismi sifatida davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...
KunTun
KunTun