Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Unda mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun bahslashdi.
Musobaqada Surxondaryo viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining ayollar jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, vakillarimiz umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija viloyatda suv sport turlarini, xususan, suv polosi yo‘nalishini rivojlantirish, ayollar sportiga e’tiborni kuchaytirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning amaliy natijalaridan biridir.

