Hudud qiyofasini o‘zgartirayotgan har bir bunyodkorlik loyihasining qiymati faqat yangi bino yoki inshoot bilan emas, uning sifatli qurilishi va aholi uchun amaliy samarasida namoyon bo‘ladi. Qiziriq tumanida olib borilayotgan qurilish ishlari ham ayni mezon asosida tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumaniga tashrifi davomida loyiha asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar tomonidan loyihalarning borishi, qurilish-montaj ishlarining holati hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Obyektlarda qurilish sifati, loyiha talablariga rioya etish, zamonaviy yondashuvlardan foydalanish va ish sur’atini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi tomonidan tuman rahbariyati, sektorlar va qurilish uchun mas’ul mutasaddilarga obyektlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan loyihalarni to‘liq amalga oshirish hamda yaratilayotgan infratuzilmaning aholi uchun qulay va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

