“Taroqli”da obodlik va yangi imkoniyatlar

Date:

Aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish mahallalarni rivojlantirish siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Sherobod tumanidagi og‘ir toifadagi mahallalarda bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, Taroqli mahallasida ko‘chalar asfaltlanib, yoritish chiroqlari va piyodalar yo‘laklari barpo etildi, ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Natijada hududning infratuzilmasi yaxshilanib, mahalla qiyofasi tubdan o‘zgardi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov va tuman hokimi Usmon Alimov mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Obodonlashtirish bilan birga, aholi daromadini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirilib, ularning uy sharoitida mehnat qilib, daromad topishiga imkon yaratildi.

Taroqlidagi bu o‘zgarishlar obod infratuzilma bilan bir qatorda, aholining bandligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning natijasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun