Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat universiteti talabasi Asadbek Ashurov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yuksak mahorat koʻrsatib, faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Yosh sportchining xalqaro maydondagi ushbu gʻalabasi universitetda sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor natijasi boʻlib, talabalar oʻrtasida sportni ommalashtirish hamda hudud yoshlarining xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish salohiyatini yana bir bor namoyon etadi.

