AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “Fulbright ETA” dasturi doirasida universitetda faoliyat yuritadigan amerikalik ingliz tili mutaxassisi Kayl Riz rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talabalarga tanishtirildi.
Kayl Riz kelgusi 10 oy davomida TerDUda talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Speaking Club” hamda “Writing Club” kabi amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi.
Oliy taʼlim muassasasiga xorijiy va ona tili egalari (native speakers) bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish talabalarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini tubdan yaxshilash, xalqaro taʼlim muhitini yaratish hamda AQSh bilan akademik hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

