Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjat topshirgan 1 200 nafardan ortiq talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari oʻtkazilmoqda.
Xitoy, Rossiya, Indoneziya, Malayziya va Belarusning nufuzli OTMlari bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan ushbu dasturlar boʻyicha sinov jarayonlarini TerDU rektori, professor Abduqodir Toshqulov shaxsan kuzatdi. U sinovlarning shaffof va adolatli oʻtishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi hamda talabgorlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qildi.
1 200 dan ortiq yoshlarning ushbu dasturlarga hujjat topshirgani hududda xalqaro standartlarga mos, ikki tomonlama diplom beruvchi taʼlimga talab yuqoriligini koʻrsatadi. Bu kabi loyihalar yoshlarning xorijiy tajriba egallashi va kelajakda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis boʻlib yetishishida muhim poydevor boʻladi.

