Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan yangi mini-stadion foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Farrux Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i Muxiddin Amonturayev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tuman hokimi o‘z tabrik so‘zida ushbu sport majmuasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiyaga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim inshoot bo‘lishini ta’kidladi.

Holis mahalla darajasida bunday sport obʼyektlarining barpo etilishi aholining, xususan yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratadi va hududlarda ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun