Toʻlov miqdori bolaning ehtiyojlariga bogʻlanishi mumkin

Date:

Oʻzbekistonda aliment undirish tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha muhim takliflar ilgari surildi. Yangi tartibga koʻra, aliment miqdorini ota-ona koʻrsatgan rasmiy maoshdan emas, balki bolaning yoshi va real ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilash rejalashtirilmoqda.

Asosiy takliflar:

Ehtiyojga yoʻnaltirilgan toʻlov: Daromadni yashirish yoki soxta kam oylikli ishga oʻtib, aliment miqdorini sunʼiy kamaytirish amaliyotiga chek qoʻyiladi.Xususiy sektor ishtiroki: Aliment undirish funksiyasini Majburiy ijro bürosidan (MIB) xususiy ijrochilarga oʻtkazish taklif etilmoqda.

Amaldagi tartib (solishtirish uchun):

Hozirda aliment 1 ta bola uchun ish haqining 4 dan bir qismi, 2 ta bola uchun 3 dan bor qismi, 3 va undan ortiq bola uchun esa 2 dan bir qismi miqdorida undiriladi.

Eslatma: Bu oʻzgarishlar hozircha taklif bosqichida va qonunchilikka rasman kiritilmagan.

Bu islohot aliment toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarini kamaytirish, aliment miqdorini adolatli belgilash va eng asosiysi — ota-ona oʻrtasidagi moliyaviy nizolarda birinchi navbatda bolaning manfaatlari hamda munosib yashash sharoitini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun