14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etdi. Tuman bo‘ylab 14 ta ijtimoiy soha obyekti, jumladan, 5 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 9 ta umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Shunday ezgu loyihalardan biri Sopollitepa mahallasidagi 90 o‘rinli 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirildi. Zamonaviy bog‘chaning ochilish marosimi videokonferensiya orqali tashkil etilib, tadbirda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman IIB boshlig‘i G‘olib Badalov, mahalla oqsoqollari, faollar va soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Mazkur ta’lim maskani Prezidentning 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida barpo etildi.

Ramziy lenta kesilib, yangi bog‘cha rasman foydalanishga topshirilgach, ishtirokchilar bu yerda bolalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.

Mahalla ahli uchun yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi quvonchli voqea bo‘ldi. Tumandagi bunday bunyodkorlik ishlari ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan 14 ta ijtimoiy obyekt Muzrabotda yangilanish va bunyodkorlik jarayonlari izchil davom etayotganining amaliy ifodasiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun